1445 йил 6 зулқаъда | 2024 йил 14 май, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Olov hikoyasi

16:30 / 21.01.2023 3434 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Assalomu alaykum, azizlar! Men odamzotning ajralmas doʻsti – Olov boʻlaman. Ha, qiyomatgacha inson bilan birga-birga yashash mening taqdirimga yozilgan. Odamzot ovqat pishirmoqchi boʻlsa oʻtga aylanaman. Tunlarni yoritmoqchi boʻlsa, chiroqqa aylanaman. Sovqotib qolsa, isitib qoʻyaman. Bu doʻstlik qachondan boshlanganini bilmayman. Lekin taxmin qilsa boʻladi. U paytlarda jami odamu, jonivorlar issiq oʻlkalardagina doʻst, inoq yashashardi. Ular uchun yeguliklarni quyosh, yer va suv pishirib berardi. Odamlar shirin-sharbat mevalar, lazzatli ildizlar bilan kun kechirishardi. Biror nimani olovda pishirib yeyishga, ya’ni menga hojatlari yoʻq edi.
Keyinchalik odamlar koʻpayib, yoʻldan oza boshlashdi. Nafslarini tiya olmay, shaytonning yoʻliga yurishdi. Alloh berayotgan ne’matlarni qushu-qurtlardan, jonivorlardan qizgʻana boshlashdi. Qizgʻanchiqlik odamlar qalbidan mehrni koʻtardi. Mehrsizlik iymonni koʻtardi. Iymon koʻtarilgach, Allohni unuta boshlashdi. Qurt-qumursqa-yu, parranda, darrandalarga qarshi urush ochishdi. Qushlar qayerga qoʻnishini, jonivorlar qayerga qochishini bilmay qoldi.
– Ey bor Xudoyo, bizlarni bu azoblardan qutqar, – deb yolvorishdi jonivorlar.
Alloh taolo odamlarni yerga xalifa qilib yaratgan, ularga aql va idrok ato etgan edi. Shu bilan birga yer yuzidagi jami jonli va jonsiz narsalarni ularning xizmatiga boʻysuntirib qoʻygan edi. Ammo odamlar Alloh qoʻygan chegaradan chiqishdi. Allohning amri bilan yer soviy boshladi. Issiq oʻlkalardagi jami narsalar qirilishga yuz tutdi. Odamlar nima qilishni bilmay oʻzlarini gʻorlarga urishdi. Shunday qilib jon saqlamoqchi boʻlishdi. Baribir ahvollari yaxshilanmadi. Qilgan gunohlari uchun astoydil tavba qila boshlashdi. Shunda Alloh taolo meni ulkan bir daraxt ustiga yashin qilib tushirdi. Daraxt alanga olib, yona boshladi. Buni koʻrgan odamlar bekingan joylaridan chiqib, isina boshlashdi.
Odamlar bundoq qarasalarki, men yonib-yonib oʻchib qolishim ham mumkin ekan. Ular meni oʻchirmaslik uchun oʻzlari yashayotgan gʻorlarga, kulbalarga tashib keta boshlashdi. Oʻchirmaslik yoʻllarini oʻylab topishdi.
Biroq ular yana yanglishishdi. Alloh qolib, endi menga sigʻina boshlashdi. Xuddi men ularni halokatdan qutqarib qolgandek. Ular «Otashparast» deb nom oldilar. Menga sigʻinib, yana gunohga botishdi. Men esa Allohdan:
– Ey bor Xudoyo, bu oʻtparast bandalaringga bir paygʻambar yuborgin, u muborak zot seni ularga tanitsin, meni ham Alloh yaratganini bildirsin, – deb soʻrar edim.
Allohga shukurlar boʻlsinki, shunday boʻldi. Arablarning Quraysh qabilasidan Abdulloh xonadonida Omina onamiz yangi mehmonga yukli boʻldilar. Shunda Omina onamizda bir muborak nur paydo boʻldi. Bu nurni qaynotalari, Abu Tolib sezdilar. Ana shu nur paydo boʻlish barobarida Omina onamiz tush koʻrdilar, tushlarida farishtalar u kishiga oxir zamon paygʻambari – tugʻilajak yangi mehmon haqida xabar berishdi. Mehmonning ismi – Muhammad boʻlishini ham aytishdi.
Farzand dunyoga keldiki, Omina onamizdagi nur bolaga koʻchdi. Va bu muborak nurdan butun Makka shahri yorishib ketdi. Shuning barobarida nur shu'lasida Makkadan 50 kunlik olisda boʻlgan Shom viloyatidagi Busro shahri saroylari koʻrindi. Bu moʻjizadan men ham behad suyundim.
Yosh Muhammad tugʻilganida koʻp gʻaroyib ishlar boʻldi. Makkadagi Baytullohning ichiga oʻrnatib qoʻyilgan butlar oʻz-oʻzidan yuzlari bilan yerga quladi. Shu kuni necha ming yillardan beri otashparastlarning masjidida yonib turgan olov ham Allohning amri bilan oʻchib qoldi. Chunki dunyoga Allohning suyukli paygʻambari, insonlarga Allohni tanituvchi Muhammad sоllаlohu alayhissalom kelgan edilar-da... Bu kun dushanba kuni edi.
Ana shunaqa gaplar. Mana azizlar, mening hikoyam ham tugadi. Oʻylaymanki, har kuni, uyingizdagi olovga koʻzingiz tushganida meni ham eslab qoʻyasiz.

Erkin bobo
«Ҳилол» журналининг 9(42) сонидан

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Гўзал тарбия олган фарзандларгина чинакамига .жаннат райҳонлари, деб мақталади. Инсонийликдан чекинган, тарбияси бузуқ болалар эса жамият зараркунандасига давоми...

2784 16:07 / 05.08.2019
17Yusuf xabar berganidek Misr va Shomda hozirgi Suriya ochlik bor edi. Misrda shunday rahmdil kishi borligini Shom ahli va Ya`qub eshitdi .Albatta, Misrda ochiqko`ngil va saxovatli inson bor bo`lib, u yer xazinalari ustidadir. Odamlar uning oldiga borib, undan taom olardilar,.Ya`qub bolalariga pul давоми...

1782 12:30 / 29.05.2019
9 Yusuf qamoqqa kirganda, qamoq ahli Yusufning oliyjanob yigit ekanini bildi. Haqiqatda Yusufda ulkan ilm bor edi.Haqiqatda Yusufning ko`ksida rahmdil yurak bor edi. Qamoq ahli Yusufni yaxshi ko`rib qolib, uni hurmat qildilar.Odamlar Yusufdan xursand bo`lib, uni hurmatladilar. U bilan birga qamoqqa давоми...

3060 15:00 / 20.04.2019
Ey, farzandBirovga qarz berish sadaqa berishdan afzaldir. Bu haqda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar.Bir kishining muhtojga qarz berishi sadaqa berishidan o`n sakkiz daraja afzalroqdir,. Ro`za tutish va sadaqa berishni o`ziga nazr qilish xavflidir. Chunki har ikkisini давоми...

25584 11:40 / 30.12.2018
Аудиолар

121337 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42847 14:35 / 11.08.2021