1445 йил 7 зулқаъда | 2024 йил 15 май, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Rostgo‘ylik

11:00 / 21.06.2023 5931 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Rostgo‘ylik nima?
Rostgo‘ylik bu so‘z yoki amalning haqiqatga to‘g‘ri kelishidir. Masalan, o‘qituvchingiz sizdan: «Uyga vazifani bajardingmi?» – deb so‘raganda siz: «Ha», – deysiz. Haqiqatda ham uyga vazifani bajargan bo‘lsangiz, rostgo‘ysiz, gapingiz haqiqatga to‘g‘ri keldi, bo‘lmasa, yolg‘onchi bo‘lasiz, yolg‘onchilik yomon.


Yolg‘onchilik amalda ham bo‘ladi. Masalan, hazrati Yusufning akalari uni bo‘ri yeb ketdi deb kelganida Yusufning ko‘ylagiga hayvonning qonini tegirgan edilar, ular ko‘ylakdagi qon ukamizniki demadi, lekin bo‘ri yeb ketdi deganlari uchun bu amallari yolg‘on edi. Amalda ham yolg‘onchilik qilish to‘g‘ri emas.
 
Rostgo‘ylikning fazilati
Rostgo‘ylik juda maqtalgan sifat, go‘zal xulqlardan biridir. Rostgo‘y bolani ota-onasi, yaqinlari, do‘stlari – hamma yaxshi ko‘radi, hurmat qiladi. Rostgo‘y insonga hamma ishonadi, unga omonat berishdan, sir aytishdan, uning gapi bilan ish qilishdan qo‘rqmaydi. Rostgo‘ylik yomonliklardan tiyilish vositasi hamdir. Quyidagi bu haqda bir rivoyat keltiramiz:
Bir kishi olim zotning yoniga kelib, «Hazrat! Mening ko‘p yomon odatlarim bor. Avvalo ularning qay birini tark etishim kerak?» dedi. Olim zot dedi: «Eng avval yolg‘on so‘zlashni tark et va hamisha rost so‘zla». U kishi shunday qilishga va’da berib, uyiga qaytib ketdi.


Bir kuni kechasi u o‘g‘rilik qilmoqchi bo‘ldi. Shunda olim kishi bilan va’dalashgani haqida o‘yladi. «Agar ertaga u kishi mendan qayerda eding deb so‘rasa, nima deyman? O‘g‘rilikka borganimni qanday aytaman? Yo‘q, men unday demasligim kerak. Lekin yolg‘on ham gapira olmayman. Agar rostini aytsam, hamma meni yomonlay boshlaydi va meni «o‘g‘ri» deb ataydi. O‘g‘irlik qilganim uchun jazolanaman».


Shu tariqa u kishi shu kecha o‘g‘irlik qilmaslikka qaror qildi va bu yomon odatni tashladi.


Keyingi kun uning sharob ichgisi keldi, lekin o‘ziga o‘zi shunday dedi: «Olim zot mendan bugun nima qilding deb so‘rasa, nima deyman? Yolg‘on gapira olmayman, rostini aytsam, odamlar mendan nafratlanadi, chunki dinda sharob ichishga ruxsat berilmagan». U shunday qilib sharob
ichishni ham tashladi.


U kishi qachon biror yomon narsa haqida o‘ylasa, doimo rost so‘zlash haqida bergan va’dasini eslar edi. Shu tariqa u birma-bir barcha yomon odatlarini tashladi, haqiqiy musulmon va juda yaxshi inson bo‘ldi.


Hamisha rost so‘zlasangiz, Alloh yaxshi ko‘rgan yaxshi inson, komil musulmon bo‘la olasiz. Agar Alloh bizga rahmat qilsa, U Zot bizni baxtiyorlik va shodlik makoni bo‘lmish jannat bilan mukofotlaydi.
 
Nega rost gapirish kerak?
Avvalo, yaxshi insonlar rost gapirishadi. Yaxshi inson bo‘lay degan kishi rostgo‘y bo‘lishdan boshqa chorasi yo‘q. Yolg‘onchilar yaxshi inson hisoblanmaydi.


O‘zini hurmat qilgan kishi rost gapiradi. Chunki kim birovni aldasa, o‘zi ham aldanadi.


Birovni aldash uning ishonchidan foydalanishdir. U menga ishonyapti deb, yolg‘on gapirish uning ishonchidan noo‘rin foydalanishdir. Sizni ham birov aldasa, sizga yoqmaydi-ku, to‘g‘rimi? Ha, yashang, ana shuning uchun boshqalarni ham aldamaslik kerak.


Yolg‘onchiga odamlar ishonmay qo‘yadi, unga sirlarini aytmaydilar, omonatlarini ishonib topshirmaydilar. U bilan gaplashishni ham istamay qo‘yadilar. Chunki yolg‘onchi bola siz bilan gaplashgandan keyin boshqa bola bilan gaplashadi va uni aldaydi. Shunda siz haqingizda ham yolg‘on gapiradi. Aytmagan gapingizni aytdi deydi, qilmagan ishingizni qildi deydi. Shuning uchun yolg‘on gapirmaslik kerak, rostgo‘y bo‘lish kerak hamda yolg‘onchilardan uzoqroq yurish kerak.
 
Rostgo‘y bo‘lish uchun
Qadrli bolajonlar, rostgo‘ylik nima ekanini, rostgo‘ylikning fazilati va nega rost gapirish kerak ekanini bilib olganingizdan so‘ng, orangizda ba’zan yolg‘on gapirib qo‘yadiganlaringiz bo‘lsa, rostgo‘y bo‘lish uchun nima qilish kerak deb o‘ylayotganlar bo‘lsa kerak-a? Keling, buning uchun sizga ba’zi tavsiyalar beraman:
Rost gapirish, yolg‘on gapirmaslik uchun yolg‘onchi bolalar bilan do‘stlashmang, ular bilan birga yurmang. Ular bilan birga yursangiz, siz ham yolg‘on gapirishga odatlanib qolishingiz mumkin, yolg‘on gapirish oddiy hol, yomon ish emasdek tuyulishi mumkin.

Shuning uchun rostgo‘y bolalar bilan do‘st bo‘ling, hamisha rostgo‘ylar bilan birga bo‘ling.
Rost gapirishdan qo‘rqmang. Ba’zan bolajonlar rostini aytsa, dakki eshitishidan qo‘rqib ham yolg‘on gapirib qo‘yadi. Masalan, to‘p o‘ynayotib deraza oynasini sindirib qo‘ydingiz, ota-onangiz: «Deraza oynasini kim sindirdi?» – deganlarida rostini aytishdan qo‘rqishingiz mumkin. «Men sindirdim», – desangiz, urshishlari yoki urishlari ham mumkin bo‘lsa, qo‘rqasiz. Shunda beixtiyor: «Men emas», – deb yuborasiz. Lekin bu – yolg‘on. Shunday vaziyatda deraza oynasini bilmasdan sindirib qo‘yganingizni ota-onangizga sekin tushuntirish kerak. Bunday holat qayta takrorlanmasligini aytib, uzr so‘rash kerak.


Hazil qilganingizda ham rost gapiring. Ba’zilar hazil qilganda yolg‘on gapirib, yolg‘on gapirishga o‘rganib qoladi. Bu – yomon. Hazil qilganda ham rost gapirish kerak.
 
Savol va topshiriqlar.
1. Rostgo‘ylik nima?
2. Amaldagi yolg‘onchilikka misol keltiring.
3. Rostgo‘ylikning fazilatlari haqida nimalarni bilasiz?
4. Nega rost gapirish kerak?
5. Yolg‘onchi bolalar bilan birga yursa nima bo‘ladi?
6. Rost gapirishdan qo‘rqish qanday bo‘ladi?
7. Hazil qilganda yolg‘on gapirish mumkinmi?
8. Rost gapirishga so‘z bergan kishi haqidagi hikoyadan yodingizda qolganlarni gapirib bering.
9. Siz ham rost gapirishga so‘z berasizmi?
Ғиёсиддин Юсуф


«Ҳилол» журналининг 6(39) сонидан

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
14Nuh alayhissalom qavmini, iymon keltirib, Allohga ibodat qilishlari va butlarni tark qilishlari uchun ko`p harakat qildi. Lekin qavmidan baaposzilaridan boshqa hech kim Nuh alayhissalomga iymon keltirmadi. Unga baaposzi bir qo`l mehnati bilan mashg`ul bo`lgan, halol luqma yeydiganlardan boshqa давоми...

2565 11:08 / 08.12.2019
Oradan bir muncha vaqt o`tib Yaaposqub alayhissalom hayot bilan vidolashdi. Yusuf alayhissalom, umuman butun Misr qattiq mahzun bo`ldilar.... Yaaposqub alayhissalomni dafn etgan Misr ahli xuddi otalaridan ajragandek bo`lib qoldilar...Yana bir qancha vaqt o`tib Yusuf alayhissalom ham vafot qildilar. давоми...

4683 14:00 / 27.06.2021
Assalomu alaykum, azizlar. Men sizga ozimni tanishtirishdan oldin bazi bir narsalarni aytib bermoqchi edim. Allohning haq rasuli Muhammad alayhissalom Madinaga hijrat qilganlaridan keyin bu yerda bir masjid qurdirdilar. Masjidning uzunligi yuz gaz, eni qirq gaz edi. Bu muborak binoning tomini давоми...

767 16:35 / 11 январь
Zunnuni Misriy hazratlari deydilarki Shu o`gitlarni tutgan kishining dunyosi va oxirati obod bo`ladi.Me`dasi ovqat bilan to`la kishining ko`nglidan ilmu hikmat joy olmaydi.Gunoh qilishdan saqlangan kishilarga mujdalar bo`lsinGunohlardan saqlanmoq yo`li ndash kam yemoqdir.Oz yemoq, ko`p zikr etmoq давоми...

3832 14:08 / 08.12.2018
Аудиолар

121361 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42868 14:35 / 11.08.2021